23:09 Toshkent viloyatida ikki tanishning janjali pichoqbozlik bilan tugadi | |
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi oshxonalardan birida spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan ikki tanishning ziyofati o‘zaro janjal sababli pichoqbozlik bilan tugadi. IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko`ra voqea 21-dekabr, shanba kuni soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 51 yoshli A.A. tanishi O.G. bilan birga o‘zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan janjal vaqtida O.G. stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan A.A.ning qorin qismiga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.A. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, fuqaro A.A.ning “qorin qismida sanchilib kesilgan” jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro O.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|