Главная » 2020 » Март » 23 » Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi
17:34

Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi


Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga ixtisoslashmagan barcha bozorlar yopiladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Bu haqda 23-mart kuni Nurafshon shahrida Rustam Xolmatov rahbarligidagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining ishchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra 24-martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi. Karantin talablariga rioya etmay, xo‘randalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Qayd etilishicha, korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 16-martdan koronavirus karantini e’lon qilindi.  Xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilindi. Navro‘z sayillari to'xtatildi. Bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari karantinga yopildi. Uning o‘rniga onlayn va televideniye orqali darslar yo‘lga qo‘yildi. Muftiy aholiga namozlarni uyda ado etishini tavsiya qildi.

Dastlab koronavirus O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi ma'lum qilingan bo‘lsa, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi ham bekor qilind. Choyxona va oshxonalar yopildi.

Toshkentda 22-martdan avtobus, metro va “marshrutka”lar harakati to'xtatildi. 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab esa Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temiryo‘l) to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz