15:43 Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi | |
Toshkent viloyati hokimi o‘zgardi. Bugun, 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Bosh vazir Abdulla Aripov, respublikadagi barcha vazirlik, idora, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan yig‘ilish kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlash masalasi ham muhokama etildi. Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Boboyev Shukrullo Habibullaevich nomzodi tavsiya etilgan va viloyat kengashi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma’qullangan. O‘zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islomjan Ergashxo‘jaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangan edi. Islomjan Ergashxo‘jaev Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|