23:03 Toshkentda 235 ming dollarni “uxlatgan” firibgarlar ushlandi | |
Yakkasaroy tumanida 2019-yilning aprel oyida 55 yoshli Ayubxon A., 34 yoshli Akram A., 34 yoshli Mirlaziz M. va 50 yoshli Habibullo R. 35 yoshli Nuriddin M.ga birgalikda yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha ish yuritishni va’da qilgan. Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan garov ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizga masalangizni hal qilishni va’da qilgan odamlarga notarius orqali rasmiylashtirmasdan turib pullaringizni berishga shoshilmang” , — deyiladi xabarda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|