08:53 Toshkentda 78 yoshli mast fuqaro yong‘in oqibatida vafot etdi | |
Joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida keksa yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lumotga ko‘ra, shu kuni soat 03:10 da, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustavli ko‘chasi 30-uy 12-xonadonda uy jihozlari 2 kv.m. maydonida yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:33da bartaraf etilgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida 78 yoshli erkak kishi xalok bo‘lgan. “Yong‘in mast holda sigaret chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Ayni damda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|