Главная » 2021 » Июль » 18 » Toshkentda kelinchak 9-qavatdan tushib ketdi: marhumning ota-onasi boshqacha fikrda
17:39

Toshkentda kelinchak 9-qavatdan tushib ketdi: marhumning ota-onasi boshqacha fikrda


Alimoff telegram-kanalida «9-qavatdan qulab halok bo‘lgan qizning ota-onasi adolat talab qilmoqda» sarlavhali videoyozuv tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan Ozodova E’zoza 2021-yil 20-iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli binolardan birining 9-qavatidan tushib ketib halok bo‘lgan. Ammo E’zozaning ota-onasi voqeaning boshqa tafsilotlarini so‘zlab berdilar.

Shahrisabzda tug‘ilgan qiz 2019-yilda poytaxtlik yigitga turmush chiqqan. Biroq, marhumning onasiga ko‘ra, ularning turmushi birinchi kundanoq yaxshi bo‘lmagan. Qiz erining giyohvand moddalarni iste’mol qilishini bilib qolgan. E’zoza bu faktni videoga yozib olib, qaynonasiga ko‘rsatgan, ammo u chora ko‘rish o‘rniga hammasini o‘g‘liga aytib bergan. Shundan so‘ng, kelin eri tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan. Bu haqda E’zoza onasiga ko‘p aytgan. Bir marta, ona-bola ularning telefondagi suhbatini yozib olishganini payqab qolishgan. Qaynona kelin-kuyovning xonasiga diktofon o‘rnatgan ekan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yozuv E’zozaga umrining oxirigacha tinchlik bermagan, o‘shani deb eri uni doimo kaltaklagan.

«21-iyun kuni yarim tunda bizga qo‘ng‘iroq qilib, qizimiz 9-qavatdan yiqilib tushganini xabar qilishdi. Qudamiz E’zoza o‘zini tashlab yuborganini aytdi. Lekin qizimizning tanasini ko‘zdan kechirar ekanmiz, faqat boshining bir qismi shikastlangani va o‘ng qo‘li singanini ko‘rdik. Uni tashlab yuborishganga o‘xshaydi», — dedi marhumning onasi.

Marhum E’zoza Ozodovaning onasi qizi o‘zini tashlab yubormaganini aytdi. Chunki unda hech qachon o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarini sezmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga qaynonasi va erining muntazam ravishda zo‘ravonligi sabab bo‘lgan. Balki, ularning sirini bilib qolganini anglab yetgach, uni itarib yuborishgandir.

Bosh prokuraturaning yozishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Surishtiruv davomida videoyozuvda ko‘rsatilgan vajlar ham o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ota-onasi, Kelinchak, Marhumning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz