23:31 Toshkentda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 3 500 nafarga yaqinlashdi | |
Bugun, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 13 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3495 nafar bemor sog‘aydi. Bugun ayni paytgacha jami 165 nafar bemor COVID-19 dan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5847 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|