Главная » 2020 » Январь » 1 » Toshkentda yangi quriladigan avtobus bekatlariga bepul Wi-Fi o‘rnatiladi
19:09

Toshkentda yangi quriladigan avtobus bekatlariga bepul Wi-Fi o‘rnatiladi


Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi

Unda oraliq avtobus bekatlarining namunaviy dizaynini quyidagicha belgilash taklif etilgan:
 

Hujjatga bekatlar joylashtiriladigan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muddatli foydalanish huquqi asosida (vaqtinchalik) ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham ilova qilingan.

Unga ko‘ra, bekatlarni ijaraga olishni istovchi jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • aholi uchun bepul internet tarmog‘i (Wi-Fi);
  • avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo;
  • kuzatuv kamerasi (ma'lumotlarni saqlash xotirasiga ega bo‘lgan);
  • milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar;
  • chiqindi tashlash qutilari;
  • mobil qurilmalar quvvatlash manbayi;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus pandus.

Talabgor bekatdan foydalanish davrida bekat devori va peshtoqlariga reklama joylashtirishi, cash-in va cash-out funksiyalariga ega bankomatlar va vender (vendor) qurilmalari, QR-shtrixli kodi orqali elektron kutubxonalarni o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz