20:57 Toshkentda YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi | |
Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi. Qayd etilishicha, 6 fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. fuqaro U.A.dan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” mashinasini chiqarib berish maqsadida tamagirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Manba: "sof.uz"
| |
|