21:04 Toshkentdagi 16-shifoxonaga koronavirusga chalingan ikki bemor olib kelindimi? | |
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga ham koronavirus kirib kelgani, bir necha viloyatda ushbu kasallik bilan og‘riganlar aniqlangani haqida turli mish-mishlar tarqalgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarlarga zudlik bilan munosabat bildirib, ular haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidlagandi. Kecha ijtimoiy tarmoqlarda yana bir ovozli yozuv tarqaldi. Unda qayd etilishicha, koronavirus allaqachon Toshkentga kirib kelgan. Xalq tilida 16-shifoxona deb nom olgan Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy Markaziga koronavirusga chalingan ikki bemor olib kelingan. Ushbu mish-mishni tarqatgan ayol shunday deydi:
Mazkur ovozli yozuv ortidan QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘landi.
Ushbu ovozli yozuvdan QALAMPIR.UZ’ning ilg‘aganlari shuki, ayni vaqtda boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham niqoblar narxini sun’iy oshirish, talabni kuchaytirish va buning ortidan mo‘may daromad topish ilinjida yurganlar talaygina. E’tibor qaratsak, ovozli xabarni tarqatgan ayol bir ikki marta niqob taqish kerakligi va bu niqoblar ikki qavatdan bo‘lishi kerakligini aytadi. Birinchidan, barcha standartdan o‘tgan niqoblar ikki qavat emas, bir qavat bo‘lishi haqida ma’lumotlar mavjud. Ikkinchidan maxsus korxonalarda faqat bir qavatli niqoblar ishlab chiqariladi. Ikki qavatli niqoblar esa qo‘lbola usulda yoki sexlarda tayyorlanadi. Masalaning bu jihatlariga e’tibor qaratsak, haqiqatan ham ayrimlar cho‘ntagini qappaytirish uchun odamlarda vahima uyg‘otmayaptimi, degan savol tug‘iladi. Yangi koronavirus Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 115 davlatga kirib bordi. Undan halok bo‘lgan 4027 nafarga, kasallanganlar 114 458 nafarga yetdi. Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|