19:19 Toshkentdagi “16” va “1-gorbolnitsa” yopilgani rostmi? | |
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda. 1-son shahar klinik shifoxonasida esa koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zini Turkiyada bo‘lganligini yashirib, ma’lum vaqt shu shifoxonada bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bu ayni o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda 6 ming kishi karantinga olingan. Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling
Manba: "qalampir.uz"
| |
|