23:26 Toshkentdagi kafeda “qizi”ni rashk qilgan yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi | |
Toshkentda 21 yoshli yigit rashk sababli o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Voqea 9-mart kuni soat 23:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrobod ko‘chasidagi kafeda sodir bo‘lgan. 1999-yilda tug‘ilgan yigit N.Sh. 1998-yilda tug‘ilgan tanishi U.T. bilan bir qizga bo‘lgan rashk sababli o‘zaro janjallashgan. Vaziyat jiddiy tus olib N.Sh. oshxona pichog‘i bilan U.T.ni tanasining turli qismlariga 8 marta jarohat yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Mazkur holat yuzasidan 10-mart kuni tuman prokuraturasi tomonidan N.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdor ushlangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|