12:16 Toshkentdagi maktabda ro‘molli qizlar darsga kiritilmagani haqidagi xabarga izoh berildi | |
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyat yuzasidan poytaxtning Chilonzor tumani xalq ta’limi bo‘limi maxsus ishchi guruhi o‘rganish olib borganini ma’lum qildi. O‘rganishlardan so‘ng, ma’lum bo‘lganki, dastlabki dars kunida o‘nga yaqin o‘quvchi qiz maktabga ro‘molda o‘qishga kelgan. Qizlar va ularning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan ko‘cha-ko‘yda farzandlari ro‘molda yurishlari mumkinligi, ammo dars chog‘ida to‘liq kiyinish tartib-qoidalariga amal qilishlari lozimligi tushuntirilgan. Biroq, ijtimoiy tarmoqda qayd etilganidek, ro‘molli qizlarning darslarga qo‘yilmaganligi haqidagi ma’lumot o‘z isbotini topmagan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|