15:38 Toshkentdan uyga qaytuvchi talabalar uchun chegirma beriladi | |
Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 foizlik chegirma beriladi.Koronavirus epidemiyasining oldini olish maqsadida oliy ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatilgani munosabati bilan, viloyatlarda yashaydigan talabalarning uyga qaytish xarajatlari uchun 50 foizgacha chegirma taqdim etiladi. Bu haqda 15 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma'lum qildi. Bundan tashqari, jamoat transportining shoh bekatlari va temir yo‘l depolarida yo‘lovchi transporti vositalari har to‘rt soatda dezinfeksiya qilinishi lozimligi ham ta'kidlab o‘tilgan. Bundan oldinroq 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun ta'til e'lon qilingani xabar qilingandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|