22:17 Tovuq tuxumining kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi | |
Xitoy, Avstraliya va Qatar olimlari tovuq tuxumlarini muntazam iste’mol qilishning kutilmagan zararini aniqladilar. Ilmiy ish natijalari British Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar 1991 yildan 2009 yilgacha to‘plangan 8545 kishining ovqatlanish ma’lumotlarini tahlil qildilar. Olimlarning aniqlashicha, kuniga 38 grammdan ortiq tuxum iste’mol qilish ikkinchi turdagi diabet rivojlanish xavfini 25 foizga oshiradi. Kuniga bitta tuxum iste’mol qilgan odamlarda (50 grammdan ortiq) kasallik xavfi 60 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich erkaklarnikiga qaraganda ayollar orasida yuqori bo‘lgan. Topilmalar olimlarga diabet xavfi tovuq tuxumi iste’molining ko‘payishiga mutanosib ravishda oshishini isbotlashga yordam berdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|