Главная » 2020 » Март » 30 » Tramp: 200 ming amerikalikning COVID-19 dan o‘lishi “yaxshi natija”
09:50

Tramp: 200 ming amerikalikning COVID-19 dan o‘lishi “yaxshi natija”


AQSH hukumati koronavirusga qarshi tegishli choralarni ko‘rmaganda ikki milliondan ortiq amerikalik virusdan halok bo‘lardi. Shuning uchun, 100-200 kishining vafot etishi bu yaxshi, deya fikr bildirdi AQSH Prezidenti Donald Tramp.

“Agar biz qurbonlar sonini 100-200 minggacha qisqartirsak, demak biz yaxshi ishlagan bo‘lamiz”, deydi Tramp. Prezident ba’zi taxminlarga ko‘ra, koronavirusdan o‘lganlar soni 2,2 mlngacha yetishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
 

Oq uy xo‘jayini AQSHda koronavirusdan o‘lim ikki hafta davomida eng faol nuqtaga chiqishini ma’lum qilib, pandemiyadan keyin mamlakatni tiklash ishlari 1 iyundan boshlanishini aytib o‘tdi.

Tramp, shuningdek, koronavirusning tarqalishiga qarshi choralarni 30 aprelgacha uzaytirishga qaror qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 722 435 nafarga yetdi. Ularning 34 minggi vafot etgan, 151 991 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

AQSHda 142 502 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 2506 nafari vafot etgan, 4856 nafari davolangan. AQSH COVID-19 tarqalishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilyapti.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz