10:25 Tramp nima uchun tibbiy niqob kiyishni xohlamasligini aytdi | |
Kecha, 3 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusdan himoya qilish uchun yuziga niqob kiymasligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, bu AQSH yetakchisi maqomiga to‘g‘ri kelmaydi.
Tramp, shuningdek, Oval ofisning Prezident ish stoli – Rezolyutda niqob kiyib o‘tirish prezidentlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda u o‘zini boshqa yo‘llar bilan ehtiyot qilyapti.
Shuningdek, u fikrini o‘zgartirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Ammo shunga qaramay, koronavirus atrofidagi vaziyat "tez orada tugaydi" deb umid bildirdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|