08:57 Tramp o‘zini “harbiy davr prezidenti” deb atadi | |
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi xavfi sababli uning prezidentligini harbiy davrga to‘g‘ri kelgan, deb hisoblash mumkinligini aytdi. “Ma'lum jihatdan men o‘zimni harbiy davr prezidenti sifatida ko‘rmoqdaman”, deb aytgan Tramp brifingda. AQSh prezidentining bu so‘zlari u 1950-1953 yillar davom etgan Koreya urushi davridagi mudofaa sanoati haqidagi qonun amal qilishini e'lon qilgandan keyin yangragan. Bu qonundan maqsad himoya niqoblari va maxsus kiyimlar ishlab chiqarilishini jadallashtirish hisoblanadi. “Men kurashayotganimizni nazarda tutmoqdaman. Men bizda juda keskin vaziyat yuzaga kelganini nazarda tutmoqdaman”, deb tushuntirgan Tramp o‘z so‘zlarini. U AQSh fuqarolarining koronavirusga qarshi jonbozlik bilan kurashayotganlariga tan bergan. “Amerika xalqi ko‘p jihatdan ajoyibdir”, deb aytgan Tramp. Ayni vaqtda AQShda koronavirusga chalinganlar soni 8304 nafarni, undan vafot etganlar soni 133 nafarni tashkil qilmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|