23:00 Turkiya koronavirusga qarshi vaksinani jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi | |
Xajettepe universiteti (Anqara) tibbiyot fakulteti professori Atesh Kara Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. «Yaxshi yangilik. Jonivorlarga leykoplastirda mikroigna yordamida yuborilgan koronavirusga qarshi vaksina antitanacha ishlab chiqarish ko‘rinishida immun javob berdi. Endi odamlarni himoya qila olishini tekshirib ko‘rish vaqti keldi», — deb yozadi Kara <Twitter>da.
Manba: "xabar.uz"
| |
|