15:52 Turkiya qirg‘oqlarida zilzila bo‘ldi | |
Turkiyaning g‘arbiy qirg‘og‘ida yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi, yer osti silkinishining magnitudasi 5,3 ballga yetdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. Zilzila Chanaqqal’a viloyatining Ezine shahrida seshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i yetti kilometr chuqurlikda joylashgan. Tumandagi vayronagarchilik va jabrlanganlar haqida hech qanday xabar yo‘q. Yaqinda Turkiyaning g‘arbida 5,2 balli yana bir zilzila sodir bo‘lgan edi. Mazkur zilzila oqibatida yuzga yaqin bino vayron bo‘lgan va 5 kishi jabrlangan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|