26 oktabr kuni Turkmaniston g‘arbida 5,8 ballik yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Trend.az” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila Turkmaniston vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Bolqonobod shahridan 10 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i esa 28 km chuqurlikda joylashgan, deyiladi xabarda.
Voqea sabab jabrlanganlar yoki vayronalar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Turkmanistondagi yer silkinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ham sezildi. Guvohlar mamlakatimizning bir necha nashrlariga zilzila tebranishlarini Nukusga ham yetib kelganini xabar qilishgan.