Главная » 2020 » Июнь » 6 » Turli sabablarga ko‘ra bir-birini yoqtirmaydigan Bollivud aktrisalari (foto)
20:18

Turli sabablarga ko‘ra bir-birini yoqtirmaydigan Bollivud aktrisalari (foto)


Mashhurlar ham oddiy odam. Ular ham boshqalar kabi qiziqqonlik qilishi, tortishishi va dushman bo‘lishi tabiiy. Quyida bir-birini unchalik xush ko‘rmaydigan hind aktrisalari haqida so‘z yuritamiz.

Rekha va Raya Bachchan

Aktrisalarning bir-birini yoqtirmasligiga Amitabh Bachchan sababchi. Gap shundaki, Amitabh Bachchan Rekha bilan ham, rafiqasi Raya bilan ham birga filmlarda suratga tushgan. Lekin turmush o‘rtog‘idan ko‘ra Rekha bilan ijro qilgan rollari muvaffaqiyatli chiqqan va matbuotda ham Raya qolib, Rekha va Amitabh juftligi maqtovlarga sazovor bo‘lgan. O‘sha vaqtlar aktyorning o‘zi biror marta tan olmasa ham u va Rekha ishqiy munosabatda ekanliklari haqida mish-mishlar tarqalgan. Rekha xonim bu gap-so‘zlarni rad qilmagan. Qaytanga, o‘zini bir gap bordek tutgan. Yuqorida ta’kidlangan mantiqiy sabab aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlikni keltirib chiqargan.

Sonam Kapur va Dipika Padukone

Ushbu ikki aktrisaning bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘qligining sababi ham klassik. Ikkovi ham Bollivudga 2007-yilda qadam qo‘ygan. Dipika “Om shanti Om” filmida rol o‘ynagan bo‘lsa, Sonam “Ma’shuqa” filmida Ranbir Kapur bilan debyut rolini ijro qilgan. Suratga olish jarayonida Sonam bilan uchrashgan Ranbir “Ehtiyot bo‘ling go‘zallar” filmidan keyin Dipika bilan ishqiy munosabatda ekani va Sonam bilan hammasiga nuqta qo‘yganini ma’lum qilgan. Shundan keyin aktrisalar o‘rtasida konflikt paydo bo‘lgan. Biroq, Ranbir va Padukone munosabatlari ham uzoqqa bormagan. Ko‘ngli keng aktyor ularning ikkisini ham tashlab Katrina Kaif, ko‘p o‘tmay esa Aliya Bxatt bilan uchrashishni boshlagan.

Ayshvariya Ray va Rani Mukerji

Bollivudning mazkur taniqli aktrisalari o‘rtasida konflikt paydo bo‘lishi nafaqat shaxsiy hayot, balki karyera bilan ham bog‘liq. Bir vaqtlar qalin bo‘lgan dugonalar o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga “Yo‘l-yo‘lakay” filmida Ayshvariya ijro qilishi kerak bo‘lgan rolning Rani Mukerjiga berilishi sabab bo‘lgan. Unga atalgan rolni tortib olgandek his qilgan Ayshvariya Ranidan buni kutmaganini bildirgan. Konflikt Ayshvariyaning Abxishek Bachchanga turmushga chiqishga qaror qilganidan keyin yanada avj olgan. Gap shundaki, bir vaqtlar Rani va Abxishek o‘rtasida munosabatlar borligi haqida mish-mishlar bo‘lgan.

Karina Kapur va Bipasha Basu

Aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlik “Ajnabiy” filmining suratga olish ishlari vaqtida boshlangan. Dizayner Vikram Fadninsning libosi ustida tortishib qolgan aktrisalar film yakuniga qadar ham kelisha olmagan. Mazkur film karyerasida debyut bo‘lgan Basu boshqa Karina bilan suratga tushmasligini bildirgan. Bunga javoban esa Karina Bipashani o‘z iste’dodiga shubhasi borligi sabab suratga olish maydonchasidagi konfliktni tarqatib, o‘ziga e’tibor qaratayotganini bildirgan. Shuningdek, Karina uni haqoratlaganini ovoza qilgan Bipashaning bu gaplari uning tasavvur mahsulidan boshqa hech narsa emasligini qo‘​shimcha qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bir-birini, aktrisalari, yoqtirmaydigan, (Foto), Turli sabablarga ko‘ra, Bollivud | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz