Главная » 2017 » Февраль » 27 » Turmush o‘rtog‘ingizni bilasizmi?
16:42

Turmush o‘rtog‘ingizni bilasizmi?


Har bir ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini juda yaxshi bilaman, deb o‘ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo‘lsin, har birimizning o‘zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo‘ladi. Agar turmush o‘rtog‘ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling.

Ko‘pchilik ayollar erlarining xurrak otishidan nolishadi. Garchi bunday erkaklar kunduzi mehribon, e’tiborli bo‘lishsa-da, xurrak baribir ayollarni asabiga tegadi. Xurrak fiziologik jarayon, ammo erkak kishi buni tuzatishni istamasa, yoki tan olmasa, demak u xudbin.

Agar erkak kishi bola yig‘isini eshitib, narigi yonboshga chappa qarab olsa, demak, u oilaviy muammolardan xoli bo‘lgisi kelyapti. Farzandlar tug‘ilishi odatda oila boshlig‘idan katta mas’uliyat talab qiladi. Ko‘pchiligi otalik hissini chuqur his qilib, bunga mas’uliyat bilan yondashadilar. Ammo ba’zilar bu rolga tayyor emasliklarini sezib qolishadi.

Agar turmush o‘rtog‘ingiz doim uxlash lozim bo‘lmagan joylarda, ishdami, ko‘chada o‘rindiqdami uxlab qolaversa, u tashqi tomondan yaxshi oilaparvar, mas’uliyatli ishchi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo qalbining tub-tubida u bularning bariga qo‘l siltab qo‘ya qoladi va xayolida boshqa joylarda uchib yuradi.

Yuqoridagi uyquchilarni metro yo bo‘lmasam avtobuslarda mizg‘ib oladiganlar bilan adashtirmang. Agar turmush o‘rtog‘ingiz avtobusda mizg‘ib, hatto o‘z bekatidan o‘tib ketsa, demak, u parishonxotir. Ammo uxlab turib ham tetik bo‘ladigan va hamma narsani sezib turadigan kishilar «xavfli». Siz uni har kanday ko‘yga solaman deb o‘ylaysiz, ammo u sizni yo‘lda qoldirib ketadi, hatto.

O‘zlarini uxlaganga solib o‘tirishni yoqtiradiganlar ikkilama hayot kechirishga moyillar, ammo muhokama bo‘lishni yoqtirmaydilar. Ularga o‘zingini uxlaganga solib yotibsan, deya ko‘rmang, baribir «Men hozir uyg‘ondim-ku!», deyishlari tayin. Agar bunday hol tez-tez takrorlanaversa, ehtiyot bo‘ling.

Ba’zi bir erkaklar hatto uyqularida ham hushyor yotadilar. Kimdir hatto pichirlab gapirsa ham, xonaga birov kirsa ham darrov uyg‘onadilar. Bunday insonlar o‘zlarini erkin tutolmaydilar va birovga, jumladan sizga ham ishonmaydilar. Hushyor uyqu kasb bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yoki ko‘p narsalarni boshidan kechirgan insonlarda ham shunday holat sodir bo‘ladi.

Va nihoyat juda kam uxlaydigan yoki uxlamaydigan erkaklar ham bo‘ladi. Ular oddiy fe’l-atvorga ega bo‘lmagan, iste’dodli kishilar bo‘lishi mumkin. Ulardan ajoyib siyosatchilar, tadbirkor va olimlar chiqishi mumkin. Ammo oila masalasida afsuski, ular o‘zlarini oilaga baxsh etolmaydilar.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Turmush, o‘rtog‘ingiz, Bilasizmi? | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz