17:07 Tvorogli issiq kulchalar - nonushta uchun ajoyib yegulik! | |
Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig‘i, 100 gr. smetana, un, iste’mol sodasi; nachinka uchun: 3 dona tuxum, 100 gr. smetana, 200 gr. tvorog, 50 gr. pishloq, 1-2 bo‘lak sarimsoq piyoz, yarim bog‘ ko‘k piyoz. Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, un va iste’mol sodasi qo‘shilgan smetana bilan aralashtiring. Aralashmaga tuxum sarig‘ini qo‘shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni selofan paketga o‘rab, yarim soatga muzlatgichga qo‘ying. 2. Tuxumni atalalab, smetana bilan aralashtiring. Tuz, murch va maydalangan sarimsoq piyozni qo‘shing. Tvorog, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyozni solib, quyuq arashlashma hosil qiling. 3. Xamirni bo‘laklarga ajratib, yog‘langan kichik qoliplarga yoyib taqsimlang. Har bir xamirning ichiga aralashmadan 3-4 osh qoshiq solib, to‘ldiring. Kulchalar ustini qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, qizdirilgan gaz pechining o‘rta olovida 25-30 daqiqa davomida pishiring. Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|