17:10 Uch oyda 10 kiloga semirdim | |
– Tarozu raqamlariga qarab, ichimga g‘ulg‘ula tushdi, qanday qilib bu tariqa semirishim mumkin? To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda odatdagidan ko‘proq tanovul qila boshladim, chunki haddan ortiq asabiylashayotgandim. Ammo uch oy davomida o‘n kilogrammga to‘lishish biror kasallik belgisi emasmi? Ehtimol biror tahlil topshirishim kerakdir? Savol «SMS» orqali kelgan Savolga oliy toifali shifokor endokrinolog Dilfuza ORTIQOVA javob beradi: – Aslini olganda semirishning sabablari ko‘p. Savolingiz mazmunidan, to‘lishish asabiylashish holatlari orta boshlaganidan so‘ng kelib chiqqan deb tushundim. Stress vaqtida buyrak usti bezi kortizol moddasini ishlab chiqara boshlaydi, u esa o‘z navbatida tana vaznining ortishini keltirib chiqaradi. Sizdagi o‘zgarishlar asabiylik bilan bog‘liq bo‘lsa ham, mutaxassis ko‘rigi foydadan holi bo‘lmaydi. Shifokor tavsiyasi bilan qondagi gormonlar tahlilini o‘tkazish lozim. Shu bilan bir qatorda turmush tarzingizni ham qayta ko‘rib chiqing, taomlanish, uyqu va jismoniy faolligingiz qay darajada, albatta ko‘zdan kechirish kerak.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|