20:32 “Uchastkovoy” ayollar bilan qo‘lga tushdi. Uning lavozimi tushirildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida “uchastkovoy” bir ayol bilan qo‘lga tushib qoldi” sarlavhali videorolik tarqaldi. Unda Ichki ishlar organi xodimlaridan biri deya aytilayotgan shaxs va ayollar o‘rtasidagi nizo aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur videorolikda viloyatning Kasbi tumani markazida joylashgan go‘zallik salonida fuqarolar va IIB xodimi Ahror Umidov o‘rtasida 2018 yil 8 noyabr kunidagi bo‘lib o‘tgan tortishuv tasvirlangan. Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan 2018 yil dekabr oyida tegishli soha xizmati mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Qarshi shahar IIO FMB 2-son IIB HPB TP profilaktika katta inspektori, lavozimida ishlagan mayor Umidov Ahror Murodullayevichga “Egallab turgan lavozimidan ozod etish” jazosi qo‘llanilib, u kam hajmli lavozimga o‘tkazilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|