12:41 UEFAning “ajali”: Yevropaning gigant klublari yangi turnir tashkil qildi | |
Yevropaning TOP-15 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil qilinganini e’lon qildi. “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Chelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko” , “Real”, “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asoschi jamoalari qatoriga kirdi.
Superliganing rahbari vazifasini “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres bajarishi, vitse-prezidentlar esa Andrea Anelli (Yuventus) va Joel Gleyzer (Manchester Yunayted) bo‘lishi kelishib olindi. Ushbu voqealar fonida YeCHL va YeLning yarim final bahslari noma’lum muddatga qoldirildi. Unga ko‘ra, Superliga ishtirokchilari Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va umuman UEFAdan chetlatilishi kutilmoqda. Agar bu sodir bo‘lsa, PSJ YeCHLda muddatidan oldin chempionga aylanishi ham mumkin. Sababi, Parij jamoasi yangi chempionatga qo‘shilmasligi taxmin qilinmoqda. Buning boisi, PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi UEFA tashkilotining prezident maslahatchilari ro‘yxatida turadi. Ustiga ustak, u “Bein Media” rahbari ham hisoblanadi. Bu telekompaniya esa Chempionlar ligasi translyatsiyasi huquqini sotib olish uchun millionlab pul sarflagan.
Manba: "qalampi.uz"
| |
|