21:02 Ular masjidga namoz o‘qish uchun kelmagan edi... | |
Joriy yilning 19 yanvar kuni soat 15:30 da 22 yoshli Islom A. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi masjidlardan biriga kiradi. Uning maqsadi ibodat qilish emasdi. U yerdan 22 yoshli Sanjar N.ga tegishli bo‘lgan, narxi 1.625.000 so‘mli mobil telefonni o‘g‘irlaydi va voqea joyidan yashirinadi. Ammo bu ishi bilan uzoqqa bormaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 22 yanvarda ham xuddi shunday o‘g‘irlik sodir etildi. Shu kuni soat 15:00 da noma’lum shaxs Olmazor tumanidagi masjidga kiradi. U yerda ibodat qilayotgan 44 yoshli Munojiddin P.ga tegishli bo‘lgan ustki kiyimdan 800 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketadi. “Tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi o‘rganilgach, ushbu o‘g‘irlikdan gumonlanuvchi tariqasida 39 yoshli Boxodir T. qo‘lga olindi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|