20:21 Uxanda koronavirus mart oyi oxiriga kelib nol darajaga tushadi – xitoylik ekspert | |
Yangi virus o‘chog‘i bo‘lgan Uxanda koronavirusni yuqtirish holatlari tezlik bilan ortayotganiga qaramay, oy oxiriga kelib infeksiya darajasi nolga tushishi kutilmoqda, deydi kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatning yuqori malakali mutaxassislaridan biri. Milliy Sog‘liqni Saqlash Komissiyasi (NHC) ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni Xitoyning o‘zida virusni yuqtirish bilan bog‘liq 139 ta holat aniqlanib, jami kasallanganlar soni 80,409 taga ko‘paydi. Xitoy ma’murlari seshanba kuni 119 ta, dushanba kuni esa 125 ta ana shunday holatni qayd etgandi. “Xubey viloyatidan tashqari barcha viloyatlar, o‘tgan oyning oxiriga kelib yangi infeksiyalarni to‘xtatishga erishgan”, – deydi Xitoy muhandislik fanlari akademiyasi a'zosi, Tianszindagi An'anaviy xitoy tibbiyoti universiteti rektori Chjan Boli “People’s Daily” nashriga bergan intervyusida. U bu jarayon qanday avj olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib, mart oyi o‘rtalarida Xubeydagi boshqa shaharlarda ham shunday holat yuz berishini aytdi. Ammo boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi. Ba’zi tanqidchilar yangi virusga noaniq va qat’iy bo‘lmagan izohlar bildirgach, Xitoy hukumat buni to‘xtatish uchun keskin choralar qo‘llay boshladi. Jumladan, transport cheklovlari, shahar eshiklarining yopilishi, bayram tadbirlarining qoldirilishi va hokazo. Sog‘liqni Saqlash Komissiyasining ma’lum qilishicha, Xubeyda tasdiqlangan yangi holatlar soni (Uxandan tashqari) bir hafta davomida o‘zgarmay turdi, chorshanba kuni esa 3 ta yangi holat aniqlandi. Xubeydan tashqari Xitoyning boshqa hududlarida bor-yo‘g‘i 5 ta yuqtirish holati uchragan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|