20:13 Uy sharoitida kamqonlikni davolash mumkin | |
Kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi. Bu kasallikka aksariyat hollarda ayollar va bolalar chalinadi. Chunki ularda temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarnikiga qaraganda 3,5 barobar yuqori. Kamqonlikning asosiy belgilari — bosh og‘rishi va aylanishi, ishtahasizlik, tez charchash, ko‘ngil aynishi, titroq, qo‘l-oyoqlarning muzlashi, tana haroratining pastligi, terining och rangga kirishi, tez yurak urishi, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasida og‘riqlar paydo bo‘lishi kabilar ushbu hastalikning alomatlari hisoblanadi. Dunyo aholisining 40 foizi kamqonlik bilan xastalanib, kasallikka chalinganlardan 75 foizi temir tanqisligi, zaruriy elementlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda. Quyida uy sharoitida kamqonlikni davolash uchun nimalar iste’mol qilish kerakligini e’tiboringizga havola etamiz. Temir moddasiga boy ovqatlarni iste’mol qilish lozim (kunlik 15 mg): Ibn Sino ismaloqni kamqonlikni davolashda ishlatgan: 1 osh qoshiq ismaloq o‘ti yoki bargi kukuni 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatilib, tindirib qo‘yiladi. Dokadan suzib, kuniga uch mahal ichiladi. Xalq tabobatida: behining bargi va po‘stlog‘idan qilingan damlama, shuningdek, limono‘t bargidan tayyorlangan damlama ham kamqonlikda foydalanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|