00:50 Uyqu davomida vazn yo‘qotishning samarali usullari | |
Ba’zida qattiq kurashib ham sog‘lom ovqatlanish tartibiga o‘tolmasligingiz, jismoniy mashqlarga dosh berolmasligingiz vazn tashlash rejangizni barbod qilaveradi. Quyida uxlash paytida bir necha kilogrammdan qutulishga oid ma’lumot beramiz. Qatiq va shakar aralashmasi
Bunday arzon va oddiy tarkib bir necha kilogrammdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Buning uchun siz uyquga yotishdan avval 2 stakan shakarli qatiq ichishingiz kerak. Guruch
Agar siz sho‘r ovqatlarni yaxshi ko‘rsangiz, unda tanangiz ko‘p miqdorda suyuqlik to‘playdi. Bu shish, ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi. Vazndan qutulishning samarali vositasi bu – guruchdir. Buning uchun, jigarrang va tozalanmagan navlarga ustunlik bergan ma’qul. Kechki ovqatlar o‘rniga tuzsiz qaynatilgan guruch iste’mol qiling. U to‘qimalardagi namlikni bartaraf etadi va ichaklarni tozalaydi. To‘q rangli guruch qaynatmasini kun davomida iste’mol qilib yursangiz ham bo‘ladi. Unga sho‘r ziravorlar yoki tuz qo‘shishingiz shart emas. Lavlagi salati
Qaynatilgan lavlagini maydalang va unga ozgina zaytun moyidan qo‘shing. Salatga qo‘shimcha tarzda limon sharbatini solishingiz mumkin. Kechki ovqat o‘rnini salat bilan almashtiring va ichimlik o‘rniga faqat suv bilan kifoyalaning. Lavlagi tarkibida ko‘p miqdordagi tolalar mavjud bo‘lib, ular uzoq vaqt to‘q tutadi. Bundan tashqari, u ichaklarni mukammal darajada tozalaydi. Natijada ochlik sizni bezovta qilolmaydi va vazn kamayishiga yordam beradi. Tuzli vannalar
Uyqu vaqtida ikki kilogramm vazn yo‘qotishning yana bir usuli – kechki ovqatni tuzli vanna bilan almashtirishdir. Buning uchun 15-20 daqiqa tuzli vanna qabul qilish kifoya, shundan keyin o‘ranib uxlash lozim. Suvga efir moyini qo‘shish, maroqli dam olish va tezda uxlab qolishga yordam beradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|