20:22 “Uyqudagi Go‘zal”: Uyquga ketgan Britaniyalik qiz olti oygacha uxlaydi | |
22 yoshli, britaniyalik Bet Gude juda kam uchraydigan Kleyne-Levin sindromi, ya’ni uyqudagi malika kasalligiga chalingan, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri. Bu kasalikka chalingan odam 18 soat, ba’zan undan ko‘p uxlaydi, faqatgina ovqatlanish va hojatga chiqish uchungina uyqudan uyg‘onishi mumkin. Bet 2011 yilning noyabr oyida uyquga ketdi va... olti oy uxladi. Bet o‘sha paytda universitetning psixologiya fakulteti talabasi edi. U baxtli kelajagiga ishonardi. O‘shanda uyg‘onmay, sutkasiga 22 soat uxladi. Bir kunda bir marotaba turib ovqatlanar, hojatga borar va yana uyquga ketardi. So‘nggi 5 yil mobaynida Betning onasi Janin, qizining uyqudan ko‘z ochmay, uyqu bilan vaqtini o‘tkazganligini ma’lum qildi. U hozir 22 yoshga kirgan bo‘lsa-da, hamon “uyqudagi go‘zal” sindromidan qutulolmagan. Ammo haqiqiy hayot, reallik ertakdagidan tubdan farq qiladi. Bu kasallika chalingan yoshlar ayni o‘qib, o‘ynab-kulib o‘tkazishi kerak bo‘lgan vaqtini uyquda o‘tkazadi. Mazkur kasallikka chalingan odamni na dori-darmon, na shovqin-suron, na yalinib-yolvorish uyg‘ota oladi. Bet vrachga boradigan bo‘lsa, uni uxlagan holatida ota-onasi nogironlar aravachasi yordamida kasalxonaga olib boradi. Janinga qizining uyg‘onishini sabr bilan kutishdan boshqa iloj yo‘q. Qizi esa ko‘zini ochganda, qolib ketgan ishlarini bajarishga shoshiladi. Bet ikki haftagina boshqalarga o‘xshab yashaydi, keyin yana uyqu uni o‘z komiga tortadi. “Har safar Bet uyg‘onganda, Yaratganga nola qilib, yana uyquga ketmasligini so‘rayman. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tgach, uning yorug‘likdan, shovqindan qochib uxlashga harakat qilayotganiga ko‘zim tushadi. Uni yana uyquga ketishga tayyorlanayotganini ko‘rib, yuragim ezilib ketadi”, deydi qizning onasi Janin iztiroblari bilan o‘rtoqlashib.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|