20:16 UzAuto Motors yengil avtomobillar narxini oshirdi | |
Xususan, Damas va Spark 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti 15 foizgacha oshirilgan. Yuqori narx segmentidagi avtolar - Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan. Yangi narxlar kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi Avvalgi narxlar bilan solishtirilsa, Chevrolet Damas VAN narxi 21 foizga oshgan (avvalgisi - 62750539). Shuningdek, Damas DLX ham 21 foizga qimmatladi (eski narxi - 64696586). Damas LABO 11 foizga oshdi (71349654). Chevrolet Spark LS M/T narxi 10 foizga (oldingisi - 66602502), Spark LT A/T esa 21 foizga ko‘tarildi (avvalgisi - 76745952). Chevrolet Nexia LT M/T 15 foizga (avvalgi narxi - 75930613), Nexia LTZ A/T 19 foizga (avvalgi narxi - 89062015), Nexia LT M/T Optimum Plus 15 foizga (avvalgi narxi - 78189036), Nexia LTZ A/T Elegant Plus 19 foizga qimmatladi (avvalgi narxi - 91320438). Chevrolet Cobalt LT s/k narxi 10 foizga (avvalgi qiymati - 87060777), Cobalt LTZ A/T 14 foizga ko‘tarildi (avvalgi narxi - 100777630). Chevrolet Lacetti 3 foizga (avvalgi narxi - 111116080), Chevrolet Lacetti (GBO) SX 3 foizga (avvalgi narxi - 119696350), Chevrolet Lacetti CDX A/T Elegant Plus 3 foizga qimmatladi (oldingi narxi - 134104347). Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 2018 yilning yozida kelgusida butlovchi qismlar narxlari tushirilishi orqali avtomobillar narxi ham arzonlashishini va'da qilgandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|