22:52 Va nihoyat! 500 yillik jumboqqa javob topildi | |
London Imperial kolleji tadqiqotchilari besh yuz yil oldin Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan suratning ilmiy nazariyasini isbotlashdi, deb yozadi “Nature”. Rasmda italiyalik kashfiyotchining so‘zlariga ko‘ra, qonni isitadigan tolalar tarmog‘i bo‘lgan inson yuragi tasvirlangan. Aynan shu nazariyani isbotlashga hamda jumboqqa javob topishga harakat qilgan olimlar yurakning o‘n minglab MRTlarini o‘tkazishdi va suratda qonning yurak orqali yanada samarali oqishiga yordam beruvchi miokard trabekulalar borligini aniqlashdi. "Leonardo da Vinchi tomonidan yarim asr oldin chizilgan ushbu yurak ichidagi murakkab mushaklarning inson salomatligi uchun qanchalik muhim ekanligini biz endigina anglay boshladik", deydi tadqiqotchilar. Yangi ma’lumotlar olimlarga yurak yetishmovchiligini davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda yordam berishi kutilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|