20:28 Vahshiylik! Er homilador rafiqasini yoqib yubordi | |
Jizzax shahrida erkak turmush o‘rtog‘ini homiladorligiga qaramay yoqib yubordi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi. Mazkur shafqatsiz voqea joriy yilning 31 yanvar kuni soat 13:00 larda Jizzax shahar, “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 14-uyning liftida sodir bo‘lgan. Fuqaro S.X. turmush o‘rtog‘i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelganligini gumon qilgan. Shu sababli u bilan janjallashib, uning homiladorligini bilgani holda, uni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan birga olib kelgan benzin yonilg‘isini turmush o‘rtog‘ining ustiga sepib, o‘ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|