12:38 Vaksinani Afrikada sinab ko‘rish kerakligi jamoatchilikning g‘azabini keltirdi | |
Fransuz olimlari SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini Afrikada sinab ko‘rish to‘g‘risidagi taklifni bildirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu taklifga tanqidiy munosabatda bo‘ldi. JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus bunday bayonot irqchilik ekanligini aytdi. Shuningdek, u bu bayonotni "mustamlaka mentalitetining yodgorligi", deb atadi.
Keyinchalik, ushbu so‘zlarni aytgan ikkala olim kechirim so‘rashgani ma’lum bo‘ldi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi olimlarning taklifi Fransiya rasmiylarining pozitsiyasini aks ettirmasligini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq 98 984 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 8 926 nafari sog‘aygan, 17 429 nafari esa vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|