Главная » 2020 » Январь » 13 » Vazir: Stipendiya islohotidan zarar ko‘rgan talabalarga pullar qaytariladi
20:16

Vazir: Stipendiya islohotidan zarar ko‘rgan talabalarga pullar qaytariladi


Yoshlar press-klubining 13 yanvardagi sessiyasi ta'lim tizimi masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri Inomjon Majidovga hozirgi vaqtda talabalarga to‘lanayotgan stipendiyalarning yangi tartibi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunga qanchalik mos va bu o‘zgarish qaysi normativ-huquqiy xujjat asosida qilindi, mazmunidagi savol bilan murojaat qildi.

«Yangi tartibga Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi hamda oliy o‘quv yurtlariga berilgan vakolat asosida o‘tilgan. Shu yo‘l bilan OTMlarda ta'lim sifatini yaxshilash maqsad qilingan.

Stipendiyalarni tenglashtiraylik degan taklif qachon chiqib keldi? Tabaqalashgan stipendiya tartibida talabalar o‘z bahosini sun'iy ravishda ko‘tarishga harakat qiladi. Buning ortidan korrupsiya kelib chiqadi.

Albatta, korrupsiyaga qarshi kurashning boshqa o‘nlab yo‘llari bor, lekin bu tizimning qulayligi – u bilan ham korrupsiyaga qarshi kurashiladi, ham yaxshi o‘qiydigan talabalar rag‘batlantiriladi.

Hozir ijtimoy tarmoqlarda bu tizimni noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Mazmuniga e'tibor berishmayapti», deydi vazir.

Bu o‘zgarish qaysi normativ huquqiy hujjat asosida qilindi, degan savolga Inomjon Majidov «idoralarning qarori» deya javob berdi.

«Bu – idoralarning qarori. Qarorning oxirgi varianti endi chiqadi. Bu yangilik stipendiya berish bo‘yicha idoraviy hujjat asosida qilingan», – dedi u.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri aynan qaysi idoraviy hujjat haqida gap ketayotgani, uning qanchalik huquqiy asosga egaligiga asos keltirgani yo‘q.

Uning aytishicha, tez orada talabalarga o‘zlariga tegishli hisoblangan pullar qaytarib beriladi.

Shu bilan birga, 1-bosqich talabalari va avvalgi semestrni «3» bahoga yopgan studentlardan ularga to‘langan ortiqcha pullar qaytarib olinishi-olinmasligi masalasi ochiq qolmoqda.
 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq huquqshunos va bloger, Respublika oliy ta'lim kengashi a'zosi Xushnudbek Xudayberdiyev bir xil stipendiya to‘lashga hukumatning hozircha haqqi yo‘qligi, O‘zbekistonda tabaqalashtirilgan stipendiya to‘lash tartibi hali bekor qilinmagani va u hali ham o‘z kuchida turgani haqida yozgan edi.

Uning fikricha, sentabr oyidan boshlab barcha talabalarga bir xil 400 ming so‘m stipendiya to‘langani hech qanday huquqiy asosga ega emas.

«Shunchaki, Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonovning OTM rektorlariga yo‘llagan qo‘shma xatini ko‘rdik xolos. O‘sha xatda stipendiya to‘lash tartibiga o‘zgarish kiritilayotgani sababli 1 sentyabrdan hammaga 400 ming so‘m stipendiya (va yana boshqa qoidalar asosida) to‘lashni ta'minlash so‘ralgan.

Vaholanki, ushbu xat asosida amalda o‘z kuchida bo‘lib turgan Yo‘riqnomadagi tabaqalashtirilgan stipendiya to‘lash tartibini inkor qilib, barchaga bir xil stipendiya to‘lash – noqonuniy edi! Vazir o‘rinbosarlarining xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi va amaldagi NHHni to‘xtatib turish, boshqa yangi qoidalar belgilashga ularning haqqi yo‘q», – deya qayd etgandi Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz