18:49 Virusolog qanday ob-havoda koronavirus tarqalishi sekinlashini aytdi | |
Quyoshli ob-havoning boshlanishi bilan, COVID-19 ning tarqalishi sekinlashadi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash bo‘yicha direktor Georgiy Vikulov ma’lum qildi. Virusologning aytishicha, yuqori harorat infeksiyaning tarqalishini kamaytirishi mumkin. Ammo buning uchun harorat 50 va undan yuqori darajada bo‘lishi kerak. Uning ta’kidlashicha, tashqi muhitda ushbu harorat ostida qolgan virus ancha kuchsizlanadi.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 882 191 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 44 136 nafari vafot etgan, 185 094 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|