13:25 Wi-Fi choynak 11 soat deganda choy qaynatdi | |
Britaniyalik fuqaro “aqlli” choynak yordamida choy qaynatish uchun 11 soat vaqt sarfladi, deb xabar beradi “Vesti”. Mazkur choynak Wi-Fi`ga ulanganidan so‘nggina ishlay boshlaydi. Ma’lumotlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxasis Mark Rittman ertalab soat 9 da “aqlli” choynak yordamida choy qaynatmoqchi bo‘ldi. Biroq qurilma ishlamadi ya’ni u Wi-Fi tarmog‘iga ulanish jarayonida xatolik yuzaga keldi. Asosiy muammo esa choynak o‘z bazasi bilan bog‘lana olmaganidan kelib chiqadi. Rittman texnika ishlashini kutib 11 soat vaqt o‘tkazdi. Vanihoyat choynak ishlab ketdi. biroq u ishlaganidan so‘ng uydagi yoritish tizimi ishdan chiqdi. Sababi, “aqlli” choynak o‘zini yangilash uchun ko‘p elektr sarfladi.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|