Главная » 2020 » Март » 7 » Xakerlar buzib kiradigan eng zaif va ishonchsiz parollar ma’lum qilindi
19:51

Xakerlar buzib kiradigan eng zaif va ishonchsiz parollar ma’lum qilindi


F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari eng ishonchsiz parollarni e’lon qilishdi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli qurilmalarga qo‘yiladigan parollardir.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, xakerlar biror qurilmaning himoyasini aylanib o‘tish uchun uning muhofaza parolini taxminan terib ko‘rishadi. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ular birinchi navbatda parol sifatida admin so‘zini terib ko‘rishar ekan. Siz ham uyingiz yoki ishxonangizdagi router yo boshqa biror qurilmaning standart login-parolini o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, unda ayni mana shu parol turibdi va uni buzib kirish – xakerlar uchun eng oson ish!

Shuningdek, ommabopligi (va buzish osonligi) jihatidan default, 123456 va root kabi parollar ham undan qolishmaydi. Butun dunyo bo‘yicha kuzatuv kameralarida qo‘llanuvchi Dahua kompaniyasining DVRʼlari himoyasida qo‘llanadigan vivx kodi ham xakerlar uchun qulay o‘lja ekan.

Eng keng tarqalgan va xakerlar sinab ko‘radigan parollar safida yana 1001chin hamda tazZ@23495859 ham bor. Bular – dunyo bo‘yicha ko‘plab qurilmalar, masalan – routerlarda zavodda o‘rnatiladigan dastlabki parollardir.

Shu boisdan nafaqat kompaniyalar, balki oddiy foydalanuvchilar ham o‘zlarining turli deveyslarida dastlabki sozlamalar bo‘yicha o‘rnatilgan parollarni almashtirib qo‘yishlari tavsiya etiladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz