17:08 Xalqaro reyting: Toshkent dunyoning eng arzon shahri deb topildi | |
Numbeo internet nashri yashash uchun qimmat va arzon mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Unga ko‘ra, Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri sifatida qayd etildi. Eng qimmat shaharlar Eng qimmat shaharlar birinchi beshligida esa Shveysariyaning Syurix, Bazel Lozanna, Jeneva va Bern shaharlari kiritilgan. Ulardan so‘ng Norvegiyaning 4 ta shahri Stavanger, Oslo, Tronxeym, Bergen hamda Islandiyaning Reykyavik shaharlari kiritilgan. Shuningdek reyringda Tokio 18-, Seul 23-, London 28-, Singapur 29-, Amsterdam 38-, Los-Anjeles 50-, Xelsinki 90-, Rim 114-, Frankfurt 124-, Dubay 152-, Stanbul 325- o‘rinlarni egallagan. Eng arzon shaharlar Markaziy Osiyo shaharlari esa reyting oxiridan, ya’ni yashash uchun eng arzon bo‘lgan shaharlar qatoridan o‘rin olgan. Qozog‘istonning Ostona va Olma-Ota shaharlari 386-, 389- o‘rinlarda, Bishkek 410- o‘rinda, Toshkent 413- o‘rinda. Portal e’lon qilgan reytingda dunyoning 440 ta eng yirik shaharlari kiritilgan. Numbeo reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xizmatlari shuningdek, aholi daromadini ham hisobga olgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|