Главная » 2020 » Май » 23 » Xayit namozini o‘rniga qaysi namoz o‘qiladi?
09:09

Xayit namozini o‘rniga qaysi namoz o‘qiladi?


O‘zbekistonda karantin choralaridan kelib chiqqan holda Xayit namozini masjidlarda ado etish taqiqlandi. Xo‘sh, ushbu namozning o‘rniga qanday ibodat qilinadi? Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi xodimi Hikmatulloh Toshtemirov quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. 

“Zuho namozi, nafl namozlar turkumiga kiradi. Nafl namoz degani, qilsa savob bo‘ladi, qilinmasa gunohkor bo‘lmaydi. Lekin davomiy qilib yurish, farzdagi kamchiliklarni to‘ldirish ma’nosida insonni fazilatga erishtiradi.

Zuho namozi “Ishro’ namozi”, “Shur’u namozi”, “Choshgoh namozi” ham deyiladi. Ushbu namozni 2 raka’tdan 8 raka’tgacha o‘qish mumkin. Payg‘amabarimiz alayhissalom Makka fathi kunida 8 raka’t o‘qiganlari rivoyat qilingan”, dedi Hikmatulloh Toshtemirov. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu namozning vaqti quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilganidan keyin, 15-20 daqiqa o‘tgandan 11:30-12:00 gacha o‘qiladi. 

“Zuho namozining fazilatlari haqida bir qancha hadisi shariflar kelgan. Abu Dovud va Imom Termiziylar rivoyat qilgan hadisi sharifda aytiladiki, “Kim Bamdod namozini o‘qigan joyida toki quyosh chiqquncha o‘tirsa, shu o‘rtada faqat yaxshilikdan boshqa narsani gapirmagan bo‘lsa, keyin turib Choshgoh namozini o‘qisa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaridan ko‘p bo‘lsa ham kechiriladi”, deyilgan. Boshqa hadisi sharifda esa Zuho namozini davomiy o‘qib yurgan kishining gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham kechiriladi deyilgan. 

Demak Xayit kuni, uzr sabab bilan Xayit namozi o‘qilmaganda uyda, yolg‘iz holda Zuho namozini o‘qiydi. Bunda 4 raka’t Zuho namozini o‘qishni niyat qildim, deydi. Ushbu namozni o‘qish tartibi boshqa nafl namozlardan frq qilmaydi. 

Har bir narsada hikmat bo‘ladi. Mana shu sinovli kunlarda Alloh taolo bildirgan hikmat shuki, ko‘pchilik Xayit namozlari uzrli sabablar bilan to‘xtatilsa, qanday yo‘l tutilishi kerakligini bilib oldi. Ya’ni, Xayit namozi o‘rniga Zuho namozini o‘qish mustahab amal ekanligini bildi. Yana bir narsani yaxshi bilish kerak-ki, Zuho namozi faqat Xayit kuni o‘qilmaydi. Bu davomiy o‘qib yuriladigan nafl namoz hisoblanadi”, dedi Hikmatulloh Toshtemirov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namoz, namozini, Xayit, o‘rniga, o‘qiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz