00:14 Xiaomi g‘aroyib gadjetga patent oldi: aqlli niqoblar hayotingizni saqlab qoladi | |
Koronavirus (2019-nCoV) Xitoy va Osiyo kompaniyalari uchun muhim muammoga aylanib qoldi. Bu kompaniyalar safida Xiaomi ham bor. Asosan smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu brend koronavirus bilan kurashishda juda faol ishtirok etmoqda. Xitoy fuqarolariga niqoblar yetkazib berib, ularni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Chunki, yetkazib berilayotgan niqoblar birpasda qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketayapti. Shundan keyin ishlab chiqaruvchilar qator qulayliklarga ega “aqlli niqob” yaratish haqida bosh qotira boshlashdi. AQShning patent idorasiga (USPTO) Xiaomi’ning havoning ifloslanish darajasi, o‘pkaga o‘tishga intilayotgan zararli moddalar haqida xabar beruvchi, shuningdek, yana bir qator afzalliklarga ega “aqlli niqob”ni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida taklif kelib tushdi. Xiaomi niqobning tashqarisiga o‘rnatilgan sensorlarni yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qiluvchi protsessorga ulaydi. Tahlil niqobning ichki xotirasiga yoki ilovaga kelib tushadi. Chunki gadjet telefoningizga ulangan bo‘ladi. Niqob qanday ma’lumotlarni to‘playdi? Albatta, u koronavirus mavjudligini aniqlamaydi va qizarib ketmaydi. Ammo, havodagi aralashmalar miqdori, nafas olish va uning chastotasini, bu niqobda qachondan beri yurilganini hisoblab boradi. Niqobga, shuningdek, qayerda joylashganingizni yaxshiroq aniqlovchi akselerometr va giroskop, havo filtrini standart himoya qiluvchi akkumulyator bilan ta’minlangan bo'ladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|