Главная » 2020 » Февраль » 28 » Xiaomi smartfonlari egalari, koronavirusning navbatdagi zarbasiga tayyor turing!
23:54

Xiaomi smartfonlari egalari, koronavirusning navbatdagi zarbasiga tayyor turing!


Joriy yilning fevralida Xiaomi Mi A3 smartfoniga Android 10 talqinidagi proshivka tarqatilishi rejalashtirilgan edi. Ammo kompaniya bu ishni kamida yana bir necha haftaga kechiktirishi ma'lum bo'ldi.

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi va Redmi brendlari ostidagi boshqa smartfonlarni ham shu qismat kutmoqda. Ya’ni, korporatsiya o‘z mobil telefonlari uchun yangilangan proshivkalar tarqatishni to‘xtatib turibdi. Bu esa Xitoyda avj olgan va boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq.

Kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi menejerlaridan biri – Sumit Sonal aniqlik kiritishicha, koronavirus karantini sababli aksariyat Xiaomi xodimlari o‘z ish joylariga qayta olmayaptilar. Ularning barchasi muddati noma’lum bo‘lgan mehnat ta’tiliga chiqarilgan.

Sumit Sonalga ko‘ra, Xiaomi o‘z smartfonlari uchun Android yangilanishlarini imkon bo‘lishi bilan tayyorlab tarqatish uchun barcha choralarni ko‘radi. Ammo kompaniya uchun o‘z xodimlarining sog‘lig‘i va xavfsizligi asosiy tamoyillardan biridir.

Xiaomi umumiy hisobda bir necha o‘nlab smartfonlarini, shu jumladan hamyonbop modellarni ham Android 10 talqinigacha yangilashni rejalashtirgan. Yuqorida keltirilgan Mi A3 esa Android One dasturi doirasiga kiradi – unda MIUI grafik qobig‘i yo‘q. Ya’ni, uning uchun apdeytning moslashtirilishi unchalik ko‘p vaqt va mehnat talab etmaydi. Lekin kompaniya hatto shuni ham kechiktirayotgan ekan, boshqa modellarning yaqin orada yangilanishini kutmasak ham bo‘laveradi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz