21:14 Xitoy AQShni koronavirus to‘g‘risida «vahima tarqatish»da aybladi | |
Qo‘shma Shtatlar yangi turdagi koronavirus tarqalishi sababli ataylabdan «vahima ko‘tarmoqda» va Pekinga unga qarshi kurashishda yordam taklif qilish o‘rniga o‘z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketmoqda, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.AQSh o‘z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketishni boshlagan birinchi davlat bo‘ldi. U shuningdek, amerikaliklarni Xitoyga bormaslik to‘g‘risida ogohlantirdi va Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga kirishni taqiqladi. Vashington «to‘xtovsiz ravishda vahima tarqatdi», dedi Chunin. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida 2019-nCoV virusini yuqtirib olganlar soni oxirgi bir sutka mobaynida 2829 kishiga ko‘payib, 17205 kishiga yetdi. Muvaffaqiyatli davolash kursidan o‘tib, sog‘ayib ketganlar esa 475 nafarni tashkil qilmoqda. Virus Xitoydan tashqari 26ta mamlakatda aniqlangan.
Manba: "kun.uz"
| |
|