Главная » 2020 » Февраль » 18 » Xitoy Turkmanistondan 200 ming dollarga 1 millionta tibbiy niqob sotib oldi
23:16

Xitoy Turkmanistondan 200 ming dollarga 1 millionta tibbiy niqob sotib oldi


Xitoy Turkmanistondan umumiy qiymati 200 ming dollar bo‘lgan bir millionta tibbiy niqob sotib oldi. Bu haqda Turkmenportal xaba berdi.

Qayd etilishicha, uch qavatli bir martalik himoya niqoblari Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan.

Xabarda aytilishicha, Xitoyda koronavirus sababli tibbiy niqoblar taqchilligi sezilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni xalqaro ahamiyatga molik favqulodda hodisa deb atagan.

Avvalroq JSST koronavirus tufayli tibbiyot niqoblariga talab 100 baravar oshishini taxmin qilgan edi.

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi aholisi koronavirus tufayli niqob taqib yurishga majburlangan edi. Shanxayda esa jamoat joylarida niqobsiz yurish man etilgan. Tailandda tibbiy niqob taqishdan bosh tortgan sayyohlarni mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilingan edi.

Time jurnali yangi sonining muqovasiga tibbiy niqobdagi Si szinpin portretini joylashtirdi. Janubiy Koreyada bir necha ming juftlikning ommaviy nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi va ular qatorida bir juftlik to‘yni tibbiy niqobda o'tkazilgan

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 72 ming kishidan oshib ketdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz