09:46 Xitoy Yevropadan uzr so‘radi | |
Xitoy Raisi Si Szinpin koronavirus tarqalishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi va Yevropa Komissiyasi rahbarlari Sharl Mishel va Ursula fon der Lyayenga o‘z ta’ziyasini izhor etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Xitoyga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam bermoqda va uni doim qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘z navbatida, Xitoy rahbari ham ushbu kasalikka qarshi Yevropa mamlakatlariga yordam berishini ma’lum qilgan. “Kuch — birlikda”, deya ta’kidlagan XXR raisi Si Szinpin. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 147 896 nafardan oshdi. 5593 nafar bemor vafot etdi. 72 305 bemor shifo topgan. 14 mart kungi xabarlarga e’tibor beriladigan bo‘lsa, Xitoyda 80830 nafar shaxs koronavirusga chalingan, 3189 bemor vafot etgan. 65677 nafar kishi esa undan tamomila tuzalgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|