21:55 Xitoyda koronavirus haqida videoo‘yin yaratildi | |
Xitoy hukumati, “Jenmin jibao” nashri va “ByteDance” kompaniyasi birgalikda koronavirus to‘g‘risida ma’rifiy mobil o‘yin ishlab chiqishdi. U xitoy tilidan tarjima qilinganda “Patogenlar jangi” ma’nosini anglatadi. Uning maqsadi insonlarni koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurashishga o‘rgatishdan iborat. Shanxayda istiqomat qiluvchi 28 yoshli Ma Syaomenning so‘zlariga ko‘ra, unga o‘yin juda yoqqan. “Virus paydo bo‘lganda ayol ishtirokchining harorati ko‘tariladi. Agar uning niqobi bo‘lsa, atrofida himoya doirasi paydo bo‘ladi. Menimcha bu juda ajoyib”, deya aytib o‘tgan qiz. Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli Xitoyda mobil o‘yin va boshqa ilovalarni yuklab olish bir necha barobar oshgan. Jumladan, fevralning birinchi haftasida Apple onlayn do‘konidan 222 millionta yuklash amalga oshirilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|