08:47 Xitoyda koronavirusga chalingan yuz yoshli qariya sog‘ayib ketdi | |
Virusga qarshi dorilar, an'anaviy Xitoy tibbiyoti va qon quyishni o‘z ichiga olgan 13 kunlik davolanishdan so‘ng u sog‘lom deb topilgan va shifoxonadan javob berilgan.Xitoyda yuz yoshli qariya yangi koronavirusdan sog‘ayib ketdi va shifoxonadan uyiga javob berildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi. Xabarda aytilishicha, qariya 24 fevralda koronavirus tashxisi bilan Uxandagi kasalxonaga yotqizilgan. U shuningdek, Alsgeymer kasalligi, gipertoniya va yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan. Virusga qarshi dorilar, an'anaviy Xitoy tibbiyoti va qon quyishni o‘z ichiga olgan 13 kunlik davolanishdan so‘ng u sog‘lom deb topilgan va shifoxonadan javob berilgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 80 ming nafardan oshgan, 3097 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha esa kasallik yuqtirganlar 106 128 nafarga yetgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|