20:01 Xitoyda koronavirusga qarshi dori topildi | |
Uxandagi virusologiya Instituti olimlari “2019-nCoV” koronavirusiga qarshi kurasha oladigan preparat nomini e’lon qilishdi. Bezgak va avtoimmun xastaliklarini davolashda qo‘llaniladigan bu dori xloroxin deb ataladi. Mazkur preparat hujayralar tarkibidagi kislota miqdorini o‘zgartirib, atipik pnevmoniya virusi resyeptorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari dori vositasi immun tizimini kuchaytirish hisobiga organizmning viruslarga qarshi kurashish qobiliyatini ham oshiradi. Tadqiqotchilar preparatning xavfsiz va arzon ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tishgan. Xloroxin butun organizmga tarqalib, zudlik bilan o‘pkaga yetib boradi va kasallikni davolaydi. Olimlar 70 yil davomida bezgakka qarshi eng yaxshi vosita bo‘lib kelgan bu dori vositasini koronavirusni bartaraf etishda ham sinab ko‘rishmoqchi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|